#iftixor
🏒Xabaringiz bor, joriy yilning 28-fevral sanasidan 6-mart kuniga qadar Tailandning Bangkok shahrida sportning xokkey turi bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi.
🇺🇿O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari U-18 o'smirlar o'rtasida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etish uchun Bangkok shahriga jo‘nab ketdi va bugun, Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da O'zbekiston U-18 terma jamoasi Jahon Chempionatidagi ilk o'yinini Janubiy Afrika terma jamoasiga qarshi o'tkazadi.
🎉Quvonarlisi, terma jamoa safida universitetimizning Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi xokkey ixtisosligi 1-bosqich talabasi Jasur Rustamxonov ham yurtimiz sharafini himoya qiladi.
👍Oldindagi shiddatli bahslarda sportchilarimizga omad tilab qolamiz! Olg‘a, yigitlar!