#e’tirof
#talaba_yutuqlari
✅Xabaringiz bor, 2024-yilning oktabr oyida Albaniya poytaxti Tirana shahrida bo‘lib o‘tgan sport kurashlari bo‘yicha U23 toifasida jahon chempionati o‘tkazilgan edi.
🎉Eng quvonarli jihati, unda ishtirok etgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi 1-bosqich talabasi Alisher G‘aniyev 60 kg vazn toifasida musobaqaning oltin medalini qo‘lga kiritib, O‘zbekiston tarixida yunon-rum kurashi bo‘yicha ilk jahon chempioniga aylandi.
🔑Chempion sportchimizning erishgan yutuqlari Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan munosib taqdirlanib, talabamizga Farg‘ona shahridan xonadon sovg‘a qilindi.
💐👏Alisher G‘aniyevni universitet jamoasi ham ushbu yutuq bilan qutlaydi!