#bizning_yutuqlar
🏓Joriy yilning 19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning stol tennisi turidan Toshkent viloyati oliy ta’lim muassasalari talabalari o'rtasida "Talabalar ligasi” sport musobaqalarining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✅Ushbu musobaqada viloyat hududidagi mavjud universitetlardan kelgan 50 dan ortiq talabalar g‘oliblik uchun qizg‘in bahs olib borishdi va yakunda quyidagi natijalar qayd etildi:
🥇O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
🥈2-o'rin Chirchiq davlat pedagogika universiteti
🥉3-o'rin Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali
📍Ahamiyatlisi, musobaqa davomida Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda talabalari hakamlik va tashkiliy ishlarda faol ishtirok etdilar.