#Universiada_2025
🧑🎓Hurmatli universitetimiz sportchi talabalari diqqatiga!
✅Sizlarga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Workout” sport turi bo‘yicha talabalar o‘rtasida “Universiada-2025” musobaqasining Universitet bosqichi o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.
🗞Musobaqada ishtirok etishni istagan oliygoh talabalari o‘z talabnomalarini Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasining sport ishlari bo‘yicha mas’uli Ilyos Xaytmetovga 2025-yil 25-fevralga qadar topshirishlari kerak.
📆⏰Musobaqa vaqti va soati: 27-fevral kuni soat 13:00 da.
🙋Barchangizni musobaqada kutib qolamiz!