#talaba_yutuqlari
📆2025-yil 11-13 fevral kunlari Qashqadaryo viloyatining Qarshi davlat universiteti sport majmuasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada-2024” sport musobaqasining kurash turi bo‘yicha respublika final bosqichi o‘tkazildi.
✅Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 200 nafardan ortiq sportchi talabalar ishtirok etib, o‘g‘il bolalar 7 ta, qizlar esa 8 ta vazn toifasida kurash olib bordilar. Musobaqa davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti kurashchi talabalari g‘olib va sovrindorlar qatorida bo‘lishdi va oliygohimiz sharafini munosib himoya qildilar.
👇Ular bilan tanishing:
🥇81 kg Samariddin Muxiddinov
🥈 70 kg Husnora Abdullayeva
🥈 78 kg Maxliyo Saparbayeva
🥈 87 kg Rayxona Usmonova
🥉 63 kg Iroda Azimova
🥉 90 kg Suhrob Mingboyev
👏Ofarin sizga polvonlar!