#talaba_yutuqlari
🧑🏻🦽🚴♀️Bugun Tailandda para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.
✅Ahamiyatlisi, musobaqaning ilk kunidayoq O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari individual vaqt poygasi bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etib, 🥇7 ta oltin, 🥈4 ta kumush va 🥉2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
💥Faxr bilan tilga oladigan jihati esa, ushbu sportchilar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalari Fotima Soipova hamda Aziza Qosimova ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, musobaqa 🥇chempionlari qatoridan o‘rin oldilar.
👏👏Ofarin Fotima! Ofarin Aziza!