‼️DIQQAT E’LON
👩🎓🧑🎓Hurmatli talaba-yoshlar "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!
✅ Mamlakatimizdagi iqtidorli yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning fevral-may oylarida "MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI" Respublika tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.
✅Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etilib, g‘oliblar tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.
✍️Tanlovda ishtirok etish istagidagi yoshlar 2025-yil 15-fevralga qadar quyidagi www.vorislar.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
☎️ Qo'shimcha ma'lumot uchun telefon: +99893 002-62-02.