#uchrashuv
#bandlik
🏇Bugun, 1-fevral kuni universitetida bitiruvchi talaba-yoshlarning bandligini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi uchrashuv Ogʻir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalari ishtirokida tashkil etildi.
✅Unda kafedra mas’ullari, O'zbekiston Og'ir atletika terma jamoasi murabbiyi Baxrom Mendibayev, O'zbekiston Og'ir atletika terma jamoasi murabbiyligiga jalb qilingan Misrlik mutaxassis Khaled Korany Mohamed Hassan hamda Sportning qishki va murakkab-texnik turlari boʻyicha Respublika oliy sport mahorati maktabi vakillari va professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi.
📍Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-martdagi “Og‘ir atletika sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar, jumladan, mamlakatimizda og‘ir atletika sport turini yanada ommalashtirish, yoshlar orasidan sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish, shuningdek, bitiruvchi kurs talabalarini oʻz yoʻnalishi boʻyicha bandligini taʼminlash masalalari yuzasidan kerakli maʼlumotlar berildi.
✔️Yakunida talabalar o‘z mutaxassisligidan kelib chiqqan holda, sport tashkilotlariga ishga joylashish tartibi va sinov jarayonlariga oid savollariga masʼullar tomonidan batafsil javob oldilar.