#seminar
♻️2025-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan sirtqi ta'lim yo‘nalishi talabalar uchun texnika va inshootlarni qurish sohasida uzoq yillar mehnat qilgan va ko‘plab loyihalarni amalga oshirgan professor Adilmat Niyazmatov ishtirokida "Sport inshootlari va ulardan foydalanish" mavzusida seminar o‘tkazildi.
📍Unda professor tomonidan talabalarga turli sport inshootlari, jumladan, Olimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan joylarning shakli va o‘lchamlari, texnologik chizmalari, shuningdek, shahar va qishloqlarda sport inshootlari tarmoqlari va ularni rejalashtirish, foydalanishni tashkil etish hamda umumta’lim maktablarida sport inshootlari tasnifi va bolalar sport maydonlari tarkibi haqida qimmatli ma’lumotlarni o‘zida aks etgan taqdimot qilindi.
✔️Yakunda seminar qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.