#dual_ta’lim
📍Ma’lumki, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan so‘nggi vaqtlarda sport ta’limi sohasida amaliy va nazariy bilimlarini integratsiya qilish maqsadida dual ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda.
✔️Xususan, joriy yilning 3-fevral sanasida oliygohning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi hamda Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi mas’ullari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, unda sport maktablari, sportga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarini oʻquv va ilmiy adabiyotlar, shu jumladan, intensiv malaka oshirish platformasi uchun sport sohasiga oid taʼlim resurslarini yaratish, muntazam yangilab borish, sportning dolzarb muammolarini qamrab olgan ilmiy-tadqiqotlar olib borishni qoʻllab-quvvatlash hamda ilgʻor jahon tajribasi asosida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirishni ilmiy-metodik taʼminlash yuzasidan tajribalar almashildi.
📚Yakunda kafedra mudiri Bahrom Musayev Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi kutubxona fondiga turli kitoblar to‘plamini topshirdi.