#Universiada_2025
#badminton
♻️Xabaringiz bor, hozirda respublikamizning barcha hududlari bo‘ylab oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan “Universiada–2025” sport musobaqalari qizg‘in pallaga kirib bormoqda.
🏸Xususan, bugun, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Universiada-2025 sport musobaqalarining badminton turi bo‘yicha Respublika final bosqichi start oldi.
✅Dastlab musobaqaning ochilish marosimi o‘tkazilib, unda so‘z olganlar ushbu sport musobaqalari nafaqat talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish, balki, ular o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini o‘rnatish va jamoa bo‘lib harakat qilishga xizmat qilayotganini alohida qayd etib, barcha ishtirokchilar omad tiladilar. Shundan so‘ng musobaqa jarayonlari boshlandi.
📍Ma’lumot o‘rnida, mazkur bosqichda respublikamizning barcha hududlaridan 120 ga yaqin talabalar yakkalik, juftlik hamda aralash dasturlarida bahs olib bormoqda. Jumladan, universitetimizning 8 nafar talabalari ham ushbu bahslarda g'oliblikka asosiy da'vogarlar sifatida bellashib, Toshkent viloyati sharafini himoya qilmoqda.
Shuningdek, mazkur yo‘nalish ixtisosligidagi talabalar uchun ushbu musobaqa uni samarali tashkil etish va o'tkazish hamda o‘yinlar davomida hakamlik qilish ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatini yaratayotgani bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.
📌Eslatma: Musobaqa ertaga, 6-fevral kuni ham davom etadi.