#mahorat_darsi
🤼2025-yil 24-yanvar kuni universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan talabalar uchun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarining dzyudo sport turi boʻyicha kumush medali sovrindori, jahon va Osiyo chempioni hamda koʻplab xalqaro musobaqalar g‘olibi Abdulla Tangriyev ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
✅Sport ta’limi sohasida amaliy va nazariy bilimlarini integratsiya qilishga qaratilgan dual ta’lim tizimi asosida kurashchi talabalarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu mahorat darsida Abdulla Tangriyev tomonidan sportning kurash va dzyudo turlaridan amaliy mashg‘ulot jarayonlari olib borildi.
✔️Shuningdek, taniqli sportchimiz o‘zining bugunga qadar erishgan yutuqlari va sportda muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan ham o‘rtoqlashdi.