#kurash
#intensiv_kurs
🤼Joriy yilning 23-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro kurash instituti tomonidan tashkil etilgan navbatdagi “Uch oylik intensiv ingliz tili va kurash mutaxassisligi kursi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
✔️Tadbirda universitet rahbariyati, Xalqaro kurash assotsiatsiyasi, Xalqaro kurash instituti hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasi mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar, talabalar, kurash ekspertlari, kurs ishtirokchilari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
✅Mazkur kurs kurash milliy sportining xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish va xorijiy mamlakatlarda yanada keng targ‘ib qilish, xalqaro darajadagi malakali trenerlar va hakamlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirib borish, kurash murabbiylari hamda hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilishni yo‘lga qo‘yish kabi muhim vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilmoqda.
📌Ma’lumot o‘rnida, 2023-yil fevral-aprel oylarida Xalqaro kurash instituti tomonidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan hamkorlikda kurash mutaxassisligi bo‘yicha uch oylik bepul tayyorlov kursi tashkil etilgan edi.