#yengil_atletika
🏃♂️🏃🏻♀️Joriy yilning 22-24-yanvar kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning yengil atletika turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida U18 O‘zbekiston chempionati hamda O‘zbekiston kubogi musobaqalari yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
✅E’tiborlisi, mazkur musobaqalarda universitetning Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari tashkilotchi va hakamlik vazifalarida faol ishtirok etdilar. Shuningdek, yengil atletika ixtisosligi talabalari musobaqalar davomida har bir dastur bo'yicha g'oliblikka asosiy da’vogarlar qatorida qizg‘in bahs olib borib, yuqori o‘rinlarni egalladilar. Undan tashqari ushbu chempionat qator yangi rekordlar o‘rnatilganligi bilan barchaning diqqat markazida bo‘ldi.
👇G‘olib va sovrindor talabalarimiz:
🥇 Sh.Davronova (60m ga yugurish);
🥇 B.Sayfullayeva (balandlikka sakrash);
🥇 S.Maxmudov (yettikurash);
🥇 I.Mahkamov (uchhatlab sakrash);
🥇 D.Ismailov (balandlikka sakrash);
🥉 N.Norboyev (60 m ga g‘ovlar osha yugurish);
🥉 O‘.Norboyeva (60 m ga g‘ovlar osha yugurish);
🥉 K.Borusheva (uzunlikka sakrash);
🥉 I.Ahmadjonov (ushhatkab sakrash);
🥉 N.Norboyev (balandlikka sakrash);
🥉 E.Rudina (balandlikka sakrash).
👇Qayd etilgan rekord natijalar:
⏩Musobaqa ishtirokchisi Dilshoda Usmonova 3000 metrga to‘siqlardan yugurishda 10:39,55 natijada yugurib, 2024-yilning 31-yanvarida Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida o‘rnatilgan avvalgi rekordini 10:42,62 ga oshirdi.
⏩Nasima Mamirova 2000 metrga to‘siqlardan o‘tishda 6:51,97 natija ko‘rsatib, 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar, shuningdek, 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi oldingi natijalardan o‘zib ketdi. O‘smirlar o‘rtasidagi avvalgi rekord 2023-yildan buyon Dilshoda Usmonovaga tegishli bo‘lib, 7:11,27 ni tashkil qilgan.
⏩60 metrga to‘siqlar osha yugurish bahslarida esa (to‘siq balandligi – 91,4 sm) 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston rekordini Buxoro viloyati sportchisi Zayniddin Ravshanov 8,12 soniya natija bilan o‘rnatdi.
⏩22-yanvar kunidagi bellashuvlarda erkaklar o'rtasidagi 4x400 m estafetali yugurish bahsida 2019-yilgi o'rnatilgan O'zbekiston rekordi 3:24.13 daqiqaga yangilandi. Ushbu yangi natija jamoaviy turda Namangan viloyati jamoasi tomonidan o‘rnatildi.
⏩Musobaqaning 23-yanvar kunidagi jamoaviy bellashuvlarda ham Namangan viloyati sportchilari 4x200 metrga estafeta bahslarida O‘zbekiston rekordini yangiladi. Umid Nabiyev, Azizjon Oripov, Azizbek Hoshimjonov va Mardonbek Sotiboldievlar jamoasi 1:31,10 natijada marraga yetib keldilar va avvalgi rekordni 0,24 soniyaga yangiladi. Bu rekord 2008-yilda sportchilar Igor Goncharov, Ruslan Alimov, Ilyes Samadov va Maksim Lojkin tomonidan o'rnatilgan Toshkent shahar jamoasiga tegishli edi.
📜🏅🎁Yakunda barcha g'olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdilandi.