#O‘zbekiston_kubogi
#yengil_atletika
🏃♂️O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport majmuasi (manej)da bo'lib o'tayotgan sportning yengil atletika turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi U18 O‘zbekiston chempionati hamda O‘zbekiston kubogi musobaqalarida yangi rekord natijalari o‘rnatilmoqda.
✅34 ta tur bo'yicha 560 nafardan ortiq atletlarimiz o‘zari qizg‘in bahs olib borayotgan musobaqaning 22-yanvar kunidagi bellashuvlarda erkaklar o'rtasidagi 4x400 m estafetali yugurish bahsida 2019-yilgi o'rnatilgan O'zbekiston rekordi 3:24.13 daqiqaga yangilandi. Ushbu yangi natija jamoaviy turda Namangan viloyati jamoasi tomonidan o‘rnatildi.