#ochiq_birinchilik
Kecha, 18-aprel kuni oliygohning Boks, kikboks, muay tay nazariyasi va uslibiyati kafedrasi tomonidan tashkil etilgan boks boʻyicha talabalar oʻrtasidagi Universitet ochiq birinchiligi musobaqasi boshlandi.
Dastlab, musobaqaning ochilish marosimi oʻtkazilib, unda universitet rektori Rashid Matkarimov, Oʻzbekiston boks milliy terma jamoa murabbiyi Rahmatjon Roʻzioxunov, Sport vazirligi vakillari, prorektorlar, taniqli sport ustalari, hakamlar, professor-oʻqituvchilar, universitet Sport klubi mas’ullari va talabalar qatnashdi.
60 ga yaqin charm qoʻlqop ustalari oʻrtasida start olgan ushbu musobaqa boks boʻyicha universitet terma jamoasini shakllantirish va joriy yilning may oyida yurtimizda boʻlib oʻtadigan xalqaro turnirga yoʻllanma taqdim etishi bilan ahamiyatlidir.
📍Eslatib oʻtamiz, musobaqa 2024-yil 20-aprelga qadar davom etadi.