#to‘garak
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida isteʼdodli talaba-yoshlarni sport bilan birgalikda ijod olami va sanʼatga oshno etish “Ijodkor sportchilar” to‘garagi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Universitetning Yoshlar bilan ishlash maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu to‘garakka O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, serqirra ijodkor Ahmad Nazar rahbarlik qilmoqda.
Kecha, 29-noyabr kuni to‘garak doirasida ilk dars mashg‘ulotlari o‘tkazilib, unda she’riyatga, milliy va zamonaviy cholg‘ularni chalishga hamda qo‘shiq kuylashga iqtidori bor talabalarning ijod namunalari tinglandi va to‘garak jamoasini shakllantirish jarayonlari boshlandi.
Ma’lumot o‘rnida, talabalarga nasr va nazm yo‘nalishidagi barcha ijodiy ishlarni nashrga tayyorlash, chop ettirish, shuningdek, she’riyatning eng nozik qirralari hamda turli cholg‘u asboblarida istalgan kuylarni chalish sirlarini o‘rganish imkoniyatini beruvchi ushbu to‘garak, haftaning seshanba va payshanba kunlari oliygohning 3-sonli talabalar turar joyida soat 17:00 dan 18:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.