Kuni kecha universitetning Yakkakurash sport turlari fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida “Biz jinoyatchilikka qarshimiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Sport huquqi, ijtimoiy va tabiiy-ilmiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talaba-yoshlarga Prezident Shavkat Mirziyoyevning hozirgi kunda butun dunyoni katta tashvish va xavotirga solayotgan Isroil hamda Falastin o‘rtasidagi mojaroga bildirgan munosabatining mazmun-mohiyati yetkazilib, unda bildirilgan fikrlar haqida zaruriy ma’lumotlar berildi. Shuningdek, oliygohning huquqiy-targ‘ibot maskani inspektori ham yoshlar orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.
Yakunda esa odob-axloqi hamda jamoat ishlarida faolligi bilan tengdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh talabalarga tashakkurnomalar topshirildi.