#xalqaro_hamkorlik
Kuni kecha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J.Zarifboyev boshchiligidagi professor-o‘qituvchilar va Malayziya davlatining Pendidikan Sultan Idris universiteti vakillari o‘rtasida onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Universitetning xalqaro nufuzini oshirish hamda xorijiy OTMlar bilan hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida tashkil etilgan mazkur konferensiyada – ikki tomon o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish, sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar faoliyatini samarali tashkil etish kabi masalalar yuzasidan muhokamalar olib borildi. Shuningdek, konferensiya davomida universitetlar haqida maʼlumot beruvchi taqdimotlar qilindi.
Maʼlumot o‘rnida, Pendidikan Sultan Idris universiteti Malayziyadagi eng qadimgi oliy taʼlim muassasalaridan biri bo‘lib, u 1922 yil 29 noyabrda tashkil etilgan.