#e'tirof #qutlov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1-oktyabr — “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhi faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlandi!
✨Quvonarlisi, ular orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti o‘qituvchisi ham e’tirof etildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori Eshtayev Anvar Kurganovich – “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi!
👏💐Oliygoh jamoasi ham ustozimizni mazkur yuksak unvon bilan samimiy qutlaydi!