#E’lon
Qadrli jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, yosh olimlar, mustaqil izlanuvchi va magistrantlar hamda talabalar diqqatiga!
Sizlar uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha ayollar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish” mavzusidagi ilmiy loyihalar tanlovini e’lon qiladi.
Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport soxasida kadrlarni tayyorlash xamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq oliygoh tomonidan yangi ishlanma va texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish loyihalarini amalga oshirish dasturi doirasida tashkil etilmoqda.
Shuningdek, tanlov davomida taqdim etilgan arizalarni ko‘rib chiqishda loyihaning:
- investitsion jozibadorligi;
- mamlakat taraqqiyotining uzoq muddatli istiqbollariga muvofiqligi;
- loyihaning qiymati hamda o‘zini o‘zi qoplashi va rentabelligi kabi muhim jihatlariga e’tibor qaratiladi!
Eslatib o‘tamiz, 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok etish huquqiga ega bo‘lib, arizalar 2023-yil 20-mart kuniga qadar qabul qilinadi.
Qo‘shimcha maʼlumotlarni: matonat07@mail.ru elekton manzili yoki +99893 515 99 05 raqami orqali bilib olishingiz mumkin.