E’lon
Sportchilar oilasining har jihatdan faol talaba-yoshlari diqqatiga!
Joriy yilning 16-mart kuni soat 12:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida oliygohning Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan “Assalom bahor” shiori ostida gimnastrada bo‘yicha talabalar o‘rtasida musobaqa o‘tkaziladi. Musobaqaning yana bir ahamiyatli jihati, unda sportchilarimiz mehmon sifatida taklif etilayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari bilan o‘zaro bahs olib borishadi.
Barchangizdan mazkur musobaqadagi faol ishtirokingizni kutib qolamiz!