O‘ZBEKISON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI TALABALAR “VIRTUAL KLUBI”
Hurmatli talabalar ushbu klub orqali siz huquqiy bilimlaringizni yuksaltirish, Sport huquqiga oid bilimlaringizni yanada boyitish imkoniyatiga ega boʻlasiz.
TALABALAR “VIRTUAL KLUBI” NING MAQSADI:
- talabalarning sport huquqiga oid ma’lumotlar yuzasidan fikr almashishiga yordam berish;
- talabalarning turli auditoriyadan tashqari ishlarini tashkil etish, ularlarning jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;
-talabalarning sport huquqiga oid, ilmiy, ilmiy-tadqiqot va amaliy loyihalarini ishlab chiqish;
-talabalarga huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar (konferensiya, seminar, tanlovlar) haqida ma’lumot berib borish;
-talabalarning fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega fuqaro sifatida tarbiyalashdan iborat.
“Virtual klub” turli guruhdagi yoshlarni faol jalb qiladi, o‘zgarib borayotgan axborot dunyosining talablariga mos keladi hamda talabalarning auditoriyadan tashqari yangi aloqa ko‘rinishi, ya’ni auditoriyadan tashqari faoliyati bilan bog‘liq tarbiyaviy jarayon uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi