O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialida davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyini barpo etish loyihasi yuzasidan jamoatchilik muhokamasi e’lonining PDF shaklini yuklash
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 563-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy investitsiyalarni jalb qilish orqali barpo etish belgilangan.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filialiga xususiy tashabbuskor “AKAN QURILISh” MChJ tomonidan tashabbus taklifi, shu jumladan, loyiha konsepsiyasi taqdim etilgan. Mazkur loyihada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali (0,3 gektar) hududida 400 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyi binosini qurish va faoliyatini tashkil etish rejalashtirilgan.
Loyiha yuzasidan xususiy sherikni tanlash Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-oktabrdagi 720-sonli “Davlat-xususiy sheriklik sohasini yanada takomillashtirish hamda kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga binoan amalga oshiriladi.
Ilova qilinayotgan hujjatlar:
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali konsepsiyasining PDF shaklini yuklash
- O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali hududida davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joyi binosini loyihalashtirish, qurish, jihozlash, foydalanish, xizmat koʻrsatish va qaytarishni tashkil etish loyihasi toʻgʻrisida MAʼLUMOTI
- Manfaatdorlikni bildirish shakli bilan tanishish (.PDF)
Mazkur loyihani amalga oshirishdan manfaatdor investorlar loyiha e’longa qo‘yilgan kundan boshlab 45 kun ichida “Qiziqish bildirish shakli” ni quyidagi manzillarga yuborishlari kerak:
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali
Elektron pochta manzili: ozdjtsuff@exat.uz
Telefon raqami: +998(91) 116-19-91
Manzil: 150100, Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri “Beruniy” MFY, Marg‘ilon ko‘chasi 1-uy.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Elektron pochta manzili: devonxona@edu.uz
Telefon raqami: 71 203-32-23
Manzil: 100095, Toshkent shahri Talabalar ko‘chasi 7-uy.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Elektron pochta manzili: dxshtender@imv.uz, Shahodat.Navruzova@imv.uz
Telefon raqami: 71 203-50-50 (01919)
Manzil: 100017 Toshkent shahri, Istiqlol 29-uy
“Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tenderlar (takliflar) olingan taqdirda, davlat sherigi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkaziladi.