O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son “Nogironligi bo’lgan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni asosida 2018-2019 o’quv yilidan boshlab O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Paralimpiya sport turlari” kafedrasi tashkil qilindi va 2019-2020 o’quv yilidan boshlab kafedra nomi “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport”ga o’zgartirildi. “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport” kafedra tarkibida 10 nafar professor- o’qituvchi faoliyat olib bormoqda. Malakali mutaxassislar tarkibida bir nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, uch nafar dotsent, bir nafar katta o’qituvchi va besh nafar o’qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan ”Adaptiv jismoniy tarbiya va sport”, “Adaptiv va sog’lomlashtirish jismoniy tarbiya”, “Olimpiya va paralimpiya harakati tarixi”, “Adaptiv sport o’yinlari (basketbol, volebol, futbol) o’qitish metodikasi”, “Adaptiv sport pedagogik mahoratini oshirish” hamda “Adaptiv yengil atletika o’qitish metodikasi” fanlaridan nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda amaliy mashg’ulotlar ham yuqori saviyada amalga oshirilib kelinmoqda. Kafedrada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga katta ahamiyat berilgan bo’lib, kafedra professor o’qituvchilardan 3 nafari mustaqil ilmiy tadqiqot izlanuvchisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Olib borilayotgan faoliyat davomida kafedra ilmiy salohiyatini oshirish borasida Respublika mutaxasislik tashkilotlari hamda halqaro tashkilotlar bilan aloqalar o’rnatilmoqda. Kafedrada taxsil olayotgan talabalardan 16 nafari xalqaro toifadagi sport ustasi va Respublika, Osiyo, Jahon hamda paralimpiya chempionlari va sovrindorlari hisoblanadi. Kafedraning yaqin kelajakdagi rejalari ilmiy laboratoriya ochish hamda ixtisoslik fanlarini ko’paytirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
2020-2021-o’quv yilidan kafedrasi professor-o’qituvchilari tarkibi ham boyidi.
PROFESSOR O`QITUVCHILAR TARKIBI
Mirjamalov Mexriddin Xayriddinovich
Kafedra mudiri
Svetlichnaya Nailya Kamilovna
Yunusov Sanjar Arifjanovich
v.b. DotsentSobirova Laylo Baxramovna
(PhD) o’qituvchi
Abdiev Sherzod Abduraxmonovich
katta o’qituvchi
Davlatova Lola Tilopovna
katta o’qituvchi
G’ofurov Sherali Xoshimovich
Oʻqituvchi
Valieva Nilufar Yusufjon qizi
o’qituvchi
Berdieva Charos Alisher qizi
o’qituvchi
Odilov Ruxiddin Faxriddinovich
o’qituvchi
PROFESSOR-O`QITUVCHILAR TOMONIDAN NASHR ETILGAN АDABIYOTLAR
©
Saytdagi materiallardan to`liq yoki qisman foydalanilganda, ushbu resursga havola etilishi shart
© 2022 O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
PROACTIVE MEDIA tomonidan ishlan chiqildi