Joriy yilning 10 noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori M.Boltabayev ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan, shuningdek, dissertatsiya ishini muddatidan oldin muvaffaqiyatli himoya qilgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashdi. Dastlab universitet rahbari muvaffaqiyat va yutuqlarga erishgan xodimlarni tabrikladi, ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilarni doimo qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Yig‘ilishda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga hamda “dotsent” ilmiy unvonlariga sazovor bo‘lgan o‘qituvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi.