Joriy yilning 2-4 noyabr kunlari poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Kitobsevar millat” shiori ostida “Tashkent Book Fest” III Toshkent xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki va murakkab-texnik sport turlari fakulteti tyutorlari hamda talabalari yarmarka doirasida tashkil etilgan kitob mutolaasi, kitobxonlik madaniyatini oshirishga bag‘ishlangan tadbirlar, xorijiy va mahalliy kitob mahsulotlari bilan tanishish, yangi asarlarning taqdimotlari, yozuvchi, shoir hamda soha mutaxassislari bilan o‘tkazilgan davra suhbatlari, shuningdek, seminarlar, mahorat darslari, turli aksiya va kitob tanlovlarida faol ishtirok etishdi.