2022-yil 29-oktabr kuni poytaxtimizdagi ko‘p funksiyali muz majmuasi bo‘lgan “Humo arena”da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi va O‘zbekiston xokkey federatsiyasi bilan birgalikda qishki sport turlarini rivojlantirishdagi muammo va istiqbollarga bag‘ishlangan seminar-trening hamda “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Xokkey federatsiyasi bosh kotibi Sh.Karimov, Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri A.Karimov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Ikkala tadbir doirasida ham so‘nggi yillarda yurtimiz aholisi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning qishki sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilma yaratish, mamlakat sportchilarining xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini ta’minlash hamda ushbu sport turlari bo‘yicha yetuk va malakali kadrlarni yetishtirib chiqarish ustivor vazifalardan ekanligi kabi dolzarb masalalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, federatsiyasining malakali xodimlari ishtirokida talabalar uchun mahorat darslari tashkil etildi.
Tadbir so‘ngida esa talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan mutaxassislarga murojaat qilib, ularga atroflicha javob olishdi.