Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Toshkent viloyati bo‘yicha bosh mutaxassisi Bobur Davlatov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Chirchiq shahar bo‘yicha bosh mutaxassisi Vohidjon Hamidov, Chirchiq shahar markaziy masjid imom xatibi Shavkatjon Aliboyev, universitet Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Umar To‘raqulov, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rustam Babajanov, barcha fakultetlar dekanlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan yoshlarni turli axborot xurujlaridan asrash, diniy ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlari, yoshlarni Vatanga muhabbat, ajdodlarga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga eʼtibor qaratildi. Shuningdek, yoshlar ongida milliy qadriyatlarga zid bo‘lgan terrorchilik g‘oyalariga qarshi tura oladigan mustahkam immunitetni shakllantirish kabi muhim masalalar yuzasidan maʼruzalar qilindi.
Yakunda esa talabalar tomonidan berilgan savollarga soha mutaxassislari atroflicha javob berdi.