2022 yil 11-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati IIBB Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hamkorligida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga chorlovchi harbiylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Toshkent viloyati IIBB Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari, IIBB jinoyat qidiruv bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik E.Turaqulov, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov, profilaktika inspektori, leytenant N.Agabekov, fakultet dekanlari o‘rinbosarlari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, talaba-yoshlarda Vatanga sadoqat, unga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbat tuyg‘ularini yanada oshirish hamda mardlik va jasurlik fazilatlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, Tadbir davomida harbiylar tomonidan namoyish etilgan qurol aslahalar va jangovar texnikalar ko‘rgazmasi chin ma’noda talabalar e’tiborini jalb qila oldi.