2026-yil 9-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Qozog‘iston Respublikasining Mintaqaviy innovatsion universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori E. Raxmanov kutib oldi.
☑️Delegatsiya tarkibidan quyidagilar o‘rin oldi:
🟢 Kistaubayev Yermakan Ibadullayevich — Mintaqaviy innovatsion universitet rektori, texnika fanlari nomzodi, dotsent;
🟢 Demeuov Axan Kalibayevich — akademik va metodik ishlar bo‘yicha prorektor, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent;
🟢 Yusupbayev Jaksilik Shurabekovich — rektor maslahatchisi, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
📌Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
🔘Xususan, ilmiy-tadqiqot faoliyati sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning akademik mobilligini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturini ishlab chiqish, shuningdek, birgalikda moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Mazkur uchrashuv ikki universitet o‘rtasidagi xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy salohiyatni yuksaltirish hamda ta’lim va ilm-fan sohasida o‘zaro tajriba almashishni rivojlantirishga xizmat qiladi.