Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Toshkent viloyati IIBB mas’ul xodimlari ishtirokida “Giyohvandlik umr zavoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Toshkent viloyati IIBB mas’ul xodimi A.Qurbonov, Chirchiq shahar Ko‘p tarmoqli oilayaviy poliklinika norkolog-shifokori M.Ishmatova, Toshkent viloyati IIBB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimi, kapitan I.Salimov, Toshkent viloyatidagi mavjud oliy ta’lim muassasalarining bo‘lim boshliqlari, tyuterlari hamda O‘zDJTSU huquqiy targ‘ibot maskani inspektori, leytenant N.Agabekov, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida mas’ul xodimlar tomonidan giyohvandlik inson shaxsining va ruhiy holatining chuqur o‘zgarishiga, uni qabul qilish oqibatida esa kelib chiqadigan salbiy holatlar to‘g‘risida taqdimotlar qilindi va videoroliklar namoyish etildi. Shuningdek, mutaxassislar turli norkotik moddalarini sotish hamda uni iste’mol qilish o‘smir-yoshlar, eng yomoni oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar orasida (9%) ko‘p uchrayotgani, bunday holatlarga qarshi jiddiy javobgarliklar mavjudligi yuzasidan keskin fikr-mulohazalar bildirilib, talaba-yoshlarni doimiy ogohlikka chorladilar.