E’lon❗️
 
Hurmatli talabalar, universitetimizning Yakkakurash sport turlari fakulteti “Boks, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi” tomonidan 6-7-8 oktabr kunlari boks sport turi bo‘yicha Respublika chempionati oldidan saralash musobaqasi tashkil etilmoqda. 
 
Qatnashish istagida bo‘lgan talabalarni 6-oktabr soat 8:00 dan 10:00 gacha davom etadigan tarozidan o‘tish vaqtida kutib qolamiz!
 
G‘olib va sovrindorlarni esa maxsus diplom hamda medallar kutmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, ushbu tashkil etilayotgan musobaqada faqat Boks yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
 
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998 90 629 89 99, +998 90 349 79 00.