Kuni kecha “Coca-Cola” Superligasining 20-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari oʻrtasidagi bahs oldidan Oʻzbek futbolining 110 yilligi hamda Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh faxriylarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati tomonidan “Oʻzbekiston futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonlari topshirildi.
Mazkur taqdirlash marosimining ahamiyatli jihati, unda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasining professori Ildar Koshbaxtiyev ham “O‘zbekiston futboli rivojiga qo‘shgan hissasi uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!
Ustozimizni ushbu mukofatlari bilan muborakbod etamiz!