🗣️Joriy yilning 19-oktabr sanasida Sport psixologiyasi, pedagogika va tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 37 yilligi munosabati bilan guruhlarda targ‘ibot ishlari doirasida "O‘zbek tili - davlat tili" mavzusida noan'anaviy darslar o‘tkazildi.
✅Dars mobaynida kafedra dotsenti M.Ayxodjayeva, katta o‘qituvchi Z.Sultanova, o‘qituvchi M.Hayitovalar sportchi talabalarga ona tilimizga bo‘lgan e'tibor, uni rivojlantirish bilan birgalikda avlodlarga sof holda yetkazish bo‘yicha qiziqarli ma'ruzalar qilishdi.