Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 1-oktabr “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda universitet rektori M.Boltabayev, Mudofaa vazirligi vakili, polkovnik U.Mamadaliyev, “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi raisining harbiy Vatanparvarlik va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari B.Yuldashev, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori, N.Dusanov, Talabalar o‘rtasida ijtimoiy muhit barqarorligini saqlash bo‘yicha rektor maslahatchisi U.Turakulov, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng universitet rektori M.Boltabayev barcha professor-o‘qituvchilarni bayram bilan samimiy tabriklab, tadbirini ochib berdi.
Tadbir davomida universitetning professor-o‘qituvchilarga Mudofaa vaziriligining turli darajadagi ko‘krak nishonlari topshirildi. Shuningdek, “Vatanparvar” tashkiloti Toshkent viloyati kengashi vakili ham universitet rahbariyatiga o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ularga esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Dil tortar kuy-qo‘shiqlar, raqslardan iborat badiiy chiqishlar esa tadbirning yanada jozibali bo‘lishini ta’minladi.