#Jarayon
#Xalqaro_anjuman
Xabaringiz bor O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida joriy yilning 23-24-sentabr kunlari sport sohasida ilmiy-tadqiqot yangiliklarini xalqaro darajaga ko‘tarish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida “Universitet sporti: millatning salomatligi va farovonligi” mavzusida talabalar va yosh olimlarning XI Xalqaro anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Bugun anjumaning ikkinchi kuni boshlandi. Plenar yig‘ilishdan so‘ng konferensiya o‘z ishini beshta seksiya bo‘yicha davom ettirdi. Seksiyalarda talabalar sport harakati: tajriba, muammolar, istiqbollar; sportchilarni tayyorlashning zamonaviy tizimining innovatsion texnologiyalari; sog‘lom turmush tarzida harakat faoliyati va ommaviy sport, sport sog‘lomlashtirish turizmi; barcha turdagi ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya: muammolar va istiqbollari kabi masalalari muhokama etildi.