#Jarayon
#Xalqaro_anjuman
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti mezbonligida o‘tayotgan “Universitet sporti: millatning salomatligi va farovonligi” mavzusida talabalar va yosh olimlarning XI Xalqaro anjumanining yana bir ahamiyatli jihati, anjuman davomida delegatsiya rahbarlarining uchrashuvi o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti: Moldova davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Ozarbayjon davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi, Qirg‘iziston davlat jismoniy tarbiya va sport akademiyasi, Moskva davlat jismoniy ta’lim-tarbiya akademiyasi, Sibir davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va Voronej davlat jismoniy tarbiya institutlari bilan hamkorlik shartnomalarini imzoladi.
O‘ylaymizki, jismoniy tarbiya va sport sohasining rivoji yo‘lida imzolangan mazkur hamkorlik shartnomalari xorijiy davlatlar bilan xalqaro aloqalarni mustahkamlash hamda kelgusida soha bo‘yicha yangi marralarni egallash uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.