Xalqaro anjmanning tantanali ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Abdullo Aslonovning kirish so‘zi bilan boshlandi. Shu bilan birga, Jismoniy tarbiya va sport universitetlari Xalqaro Assotsistsiyasi Prezidenti Kayrat Zakiryanov ham anjuman ishtirokchilari va mehmonlarni xalqaro konfrensiya bilan tabrikladi va faxrli mehmon tomonidan O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziriga “Aleksandr Makedoniskiy” ordeni topshirildi. Uni O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Abdullo Aslonov qabul qilib oldi.
Shundan so‘ng bir qator xorijiy va mahalliy mutaxassislar tomonidan sohadagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ma’ruzalar qilindi. Ma’ruzalar davomida Moldova davlat jismoniy madaniyat va sport universiteti rektori p.f.d., professor Vyacheslav Grigorevich Manolakiga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faxriy professor unvoni berildi.
Bunday qizg‘in jarayonlarni konfrensiya davomida olingan foto lavhalar orqali ko‘rishingiz mumkin!
Biz bilan birga bo‘lishda davom eting!
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy