Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning voleybol turidagi muammoa va yutuqlar, ushbu sport turi bo‘yicha qilinayotgan yangiliklar yuzasidan tor doiradagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi Bosh kotibi H.Nasrullayev, universitet Sport o‘yinlari fakulteti dekani A.Boltayev, Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri A.Ummatov, O‘quv ishlari bo‘yicha dekan mouvini S.Gadoyboyev va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida kun tartibidagi eng muhim masala, terma jamoa tarkibidagi talabalarning o‘qish jarayonlaridan uzilib qolayotganligi, oqibatda ularning ta’limdagi yangi tizim bo‘lgan kredit-modul asosidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tushib ketayotganligi, bunga esa federatsiya alohida e’tibor qaratishi kabi zaruriy fikrlar bildirilib o‘tildi. Shuningdek, voleybol sport turidagi muammolar va kamchiliklar, ularning yechimiga qaratilgan ishlar samarasi qanday kechayotganligi, xalqaro musobaqalarda faqatgina qatnashib kelish emas, balki u yerda olingan tajribalarni o‘zimizda qo‘llash, mazkur sport turidagi hakamalarni son va sifat jihatdan oshirish maqsadida xalqaro toifadagi xorijiy mutaxassislarni jalb etish kabi muhim masalalarga ham to‘xtaldi.
Yig‘ilish yakunida turli savol-javoblar o‘tkazilib, federatsiya va universitet o‘rtasidagi doimiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishib olindi.