Joriy yilning 12-iyul kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Anatoliy Karpov nomidagi shaxmat maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda shaxmat bo‘yicha 16 karra jahon chempioni, taniqli grossmeyster, Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi deputati Anatoliy Karpov ishtirok etdi. Shuningdek, shaxmat maktabining ochilish marosimida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportni boshqarish va turizm fakulteti dekani A. Tillyaxodjayev, Sport menejmenti va iqtisodiyot kafedrasi mudiri K. Ziyadullayev, o‘qituvchi, FIDE ustasi E. Jumanov hamda talabalar grossmeyster Sh. Vohidov, FIDE ustasi S. Shermuxammedov, X. Sultonovlar qatnashishdi.
Uchrashuv davomida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasida universitetimiz shaxmat ta’lim yo‘nalishi talabalari faol qatnashishib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Kelgusida shaxmat bo‘yicha 16 karra jahon chempioni, taniqli grossmeyster Anatoliy Karpov bilan universitetimiz o‘rtasida hamkorlik ishlari tashkil qilish rejalashtirilib olindi.