Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yakkakurash sport turlari fakulteti hamda Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Yakkakurash sport turlari fakulteti dekani A.Tangriyev, universitet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.Mirjamalova, Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi dotsenti Sh.Djumaqulov, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va onlayn tarzda fakultet talabalari ishtirok etishdi.
Suhbat davomida Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi dotsenti Sh.Djumaqulov tomonidan Konstitutsiyani o‘zgartirishga oid qonun loyihasi, uning mazmun-mohiyati haqida tushuntirish berildi.