#xalqaro_hamkorlik
Joriy yilning 22-iyun kuni universitet delegatsiyasi Litva Respublikasi Bershtonas shahridagi Bershtonas sport markazida bo‘lishdi.
Ushbu sport majmuasida markaz rahbari Saulius Smailys vakillarimizni iliq kutib oldi va markaz bo‘ylab kichik tur uyushtirildi. Tur davomida sportchilarga yaratib berilgan sharoitlar, moddiy texnik bazalar, ochiq stadion bilan tanishtirildi.
Shuningdek, Bershtonas sport markazi shahar Kengashi va Ta’lim, fan va sport vazirligining Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufiga kirishi, uning asosiy vazifasi esa sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish, bolalar, yoshlar, shu qatorda, kattalarning ham bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda jismoniy tarbiya va norasmiy ta’lim sohasidagi ta’lim dasturlarini sport bilan mujassamlashtirishdan iborat ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Ma’lumot uchun, Bershtonas sport markazida 7 ta sport turi bilan shug‘ullanish mumkin. Bular sirasiga individual sport turlari (yengil atletika, eshkak eshish) va sport o‘yinlari (futbol, basketbol, tennis) kiradi.