Joriy yilning 14-iyun sanasidan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida bitiruvchi talabalarning bilim va ko‘nikmalari hamda malaka darajalari davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadidda bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiya jarayonlari boshlandi.
Yakuniy davlat attestatsiya sinovini o‘tkazish bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari tarkibiga sohadagi malakali va tajribali mutaxassislar jalb qilindi.
Bitiruvchilarimizning barchasiga yakuniy davlat attestatsiyalarini muvaffaqiyatli topshirishlarida omad tilab qolamiz!
Ma’lumot uchun, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari jarayoni onlayn rejimda ham ovozli videotranslatsiya qilinmoqda.