2022-yil 10 – 24-may kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Magistratura bo‘lim boshlig‘i B.Musayev, Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti S.Eshtayev hamda kafedra o‘qituvchisi M.Suleymanovlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ajratilgan innovatsion loyiha ijrosi hamda Ozarbayjon Respublikasi Gimnastika federatsiyasining taklifnoma xatiga asosan Ozarbayjon davlatining Boku shahrida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarini muvafaqqiyatli bitirib, tegishli sertifikatlarni olib qaytishdi.
Malaka oshirish kurslari davomida O‘zDJTSU bilan Ozarbayjon jismoniy tarbiya va sport akademiyasi o‘rtasida ilmiy-metodik ishlar, talabalar almashinuvi, shuningdek, professor-o‘qituvchilarning tajriba almashish yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolanishiga erishildi.