Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi tomonidan Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 21-umumta’lim maktabida “Sport bizni birlashtiradi” shiori ostida “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o‘tkazildi.
Unda o‘quvchilar “Quvnoqlar”, “Chaqqonlar” hamda “Sportchilar” singari o‘ziga xos jamoalarga bo‘linib, 5 ta shart asosida bellashdilar.
Mazkur tadbir, yoshlar o‘rtasida sport turlarini ommalashtirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jamoa bo‘lib harakat qilish, shuningdek, g‘alabaga intilish ishtiyoqlarini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
Barchaga birdek manzur bo‘lgan sport musobaqasi yakunida tashkiliy qo‘mita ha’yati a’zolari g‘olib jamoa va sovrindorlarga diplom, maqtov yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alarini topshirishdi.