🙌 Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talaba-yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularni vatanparvarlik, insoniylik, mehnatsevarlik va yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash maqsadida “Prezident maktubi” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🇺🇿Tadbir davomida universitet talaba-yoshlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nabirasi Shavkatbekka yo‘llagan samimiy maktubi o‘qib eshittirildi.
🇺🇿Maktubda davlat rahbari o‘z hayotiy tajribasi, bolalik xotiralari va mehnat faoliyati haqida so‘z yuritar ekan, yosh avlod uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim-tarbiya sifati va mamlakat kelajagi yo‘lidagi mas’uliyat xususida muhim fikrlarni bayon etgan. Ayniqsa, xalq farovonligi, yoshlarning munosib ta’lim olishi va kelajakda o‘z salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun olib borilayotgan sa’y-harakatlar maktubning asosiy mazmunini tashkil etadi.
🇺🇿Shuningdek, maktubda yoshlarni barcha fanlarni puxta o‘zlashtirish, xorijiy tillarni o‘rganish, ilm-fan yangiliklaridan boxabar bo‘lish, zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga undovchi hayotiy tavsiyalar alohida o‘rin olgan. Vaqtning qadriga yetish, bugungi ishni ertaga qoldirmaslik, qiyinchiliklar qarshisida irodali bo‘lish va boshlagan ishni oxiriga yetkazish kabi fazilatlar yoshlar uchun muhim hayotiy mezon ekani ta’kidlangan.
📑Maktubning eng ta’sirli jihatlaridan biri — muvaffaqiyatsizliklardan to‘g‘ri xulosa chiqarish, mag‘lubiyat oldida ruhni tushirmaslik va har qanday vaziyatda olg‘a intilish haqidagi nasihatlardir. Shuningdek, buyuk ajdodlarimizning ilmiy va ma’naviy merosiga munosib voris bo‘lish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda Vatan ravnaqi uchun munosib hissa qo‘shish g‘oyalari ilgari surilgan.
☑️Tadbir davomida maktubda ilgari surilgan fikrlar talaba-yoshlarni yanada izlanishga, o‘z ustida ishlashga, yuksak marralarni ko‘zlashga va kelajak oldidagi mas’uliyatini chuqur his etishga chorlovchi muhim hayotiy saboq sifatida e’tirof etildi.
♻️Zero, bugungi bilimli, irodali, ma’naviy barkamol va Vatanga sadoqatli yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ertangi taraqqiyoti va ishonchli kelajagidir!
🔗Prezident maktubining to‘liq matni: https://president.uz/oz/lists/view/9882