📝Bugun Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R.Matkarimov rahbarligida navbatdagi işçi yiğiliş bölib ötdi.
✅Yiğilişda davlatimiz rahbari Ş.Mirziyoyevning 2026-yil 20-noyabr kuni Toşkent viloyatining Parkent tumaniga taşrifi davomida bergan topşiriqlari ijrosini ta’minlaş, universitetda ijro intizomi holati hamda ta’lim jarayoni bilan boğliq dolzarb masalalar muhokama qilindi.
☑️Xususan, talabalar davomati, amaliyot ötayotgan talabalar bilan işlaş sifati, ijarada yaşayotgan yoşlarning holidan xabar oliş, talabalar turar joylarida navbatçilik tizimi samaradorligi yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
✅Şuningdek, universitetda kuzgi mavsum doirasida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi va «Ekomarafon» tadbirlarini taşkil etiş, talabalar örtasida soğlom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlaş, talabalar turar joylarida elektr energiyasi xavfsizligini ta’minlaş, suv va suv jihozlaridan oqilona foydalaniş hamda sanitariya-tozalik talablariga rioya etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📚Muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegişli mas’ullarga aniq vazifalar va topşiriqlar berilib, ularning ijrosini nazorat qiliş böyiça körsatmalar berildi.