🙌Bugun Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R. Matkarimov rahbarligida navbatdagi işçi yiğiliş bölib ötdi.
🇺🇿Yiğiliş avvalida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning nabirasi Şavkatbekka yöllagan samimiy maktubining mazmun-mohiyati jamoaga yetkazilib, uşbu maktub ahamiyatini universitet talaba-yoşlariga ta’sirçan tarzda yetkaziş, unda ilgari surilgan ezgu ğoyalar va hayotiy saboqlarning ma’rifiy qiymatini keng oçib beriş yuzasidan mas’ullarga tegişli körsatmalar berildi.
✅Şundan söng, Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri E. Turdimov rahbarligida ötkazilgan yiğilişda belgilangan topşiriqlar hamda universitetga taalluqli vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
⚡️Xususan, "Oliy ta’lim taşkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etiş va qayta taqsimlaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida"gi 2025-yil 10-martdagi 149-son qaror mazmun-mohiyatini birinçi bosqiç talabalariga yetkaziş, ilmiy-amaliy konferensiyalarni yuqori saviyada taşkil etiş, korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida amalga oşirilayotgan profilaktik işlar samaradorligi, sport tadbirlari va universitet oçiq birinçiliklarini ötkaziş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Şuningdek, ijarada istiqomat qilayotgan talabalarning yaşaş şaroitlarini örganiş, ularning holidan muntazam xabar oliş hamda talabalar turar joylarida navbatçilik tizimi samaradorligini oşiriş yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.
✅Bundan taşqari, universitetda kuzgi mavsum doirasida «Yaşil makon» umummilliy loyihasi va «Ekomarafon» tadbirlarini samarali taşkil etiş, suv va suv jihozlaridan oqilona foydalaniş, sanitariya-gigiyena hamda tozalik talablariga qat’iy rioya etiş masalalari ham muhokama qilindi.
📌Muhokama qilingan barça masalalar yuzasidan tegişli mas’ullarga aniq vazifa va topşiriqlar berilib, ularning ijrosini ta’minlaş hamda nazorat qiliş böyiça körsatmalar belgilandi.