💬2026-yil 13-noyabr kuni Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori R. Matkarimov talabalar holidan xabar oliş hamda ularning muammolarini örganiş maqsadida talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talabalar bilan guruhlar kesimida uçraşuv ötkazdi.
✍️Uçraşuv davomida talabalarning yaşaş şaroitlari, tartib-intizom, tozalik va xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, turli tögaraklar va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oşiriş zarurligi ta’kidlandi.
✅Rektor tomonidan talabalar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar davlat siyosatining ustuvor yönalişlaridan biri ekani qayd etildi. Bugungi kunda talabalar turar joylarida zamonaviy yaşaş, ta’lim oliş va dam oliş uçun barça zarur şaroitlar yaratilgani alohida ta’kidlandi. Yoşlarning uşbu imkoniyatlardan samarali va maqsadli foydalanişi muhim ekani qayd etildi.
🟢Yiğiliş yakunida mas'ullarga talabalar turar joyida qulay va havfsiz muhitni ta'minlaş böyiça zarur körsatmalar berildi.